24-sentabr, payshanba kuni Texas shtatida bir motorli samolyot maktab yaqinida halokatga uchradi. Bortdagi ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS” shtat jamoat xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga asoslanib.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasining ta’kidlashicha, samolyot Krenberi shahridagi aeroportdan ko‘tarilish chog‘ining o‘zidayoq halokatga uchragan. Yerga kelib urilgan samolyot portlagan va yonib ketgan. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmagan.
Politsiyaning xabar berishicha, samolyot bolalar amerikacha futbol o‘ynayotgan maydondan bor-yo‘g‘i bir necha yuz metr nariga kelib tushgan.
Izoh (0)