Kaliforniya shtatidagi Irvin shahri startapchilari lazerli ustara prototipini taqdim etdi, deb xabar beradi “Hi-Tech Mail.Ru”.
Skarp ustarasi tuklarni ehtiyotkorlik bilan kesib oladi, shu bilan birga, undan foydalanish jarayonida kuyish yoki kesish jarohatini olishning iloji yo‘q. Bundan tashqari, u teri infeksiyalari rivojlanishining oldini oladi, sababi mikrob va bakteriyalar terining aynan shikastlangan qismida yuzaga keladi.
Bir marta ishlatiladigan ustaralarga qaraganda Skarp ustarasi bir nechta ustunlikka ega. Jumladan, undan foydalanishda qimmatbaho katrijlar, ko‘pik va soqol olgandan so‘ng ishlatiladigan vositalarni xarid qilishga ehtiyoj yo‘q. Ustara, shuningdek, ekologik xavfsiz qurilma sanaladi.
Lazerli ustara bir oygacha yetuvchi bitta AAA batareyasi bilan ishlaydi.
Izoh (0)