Ukraina tinch aholiga nisbatan ommaviy qotillik sodir etishi mumkin bo‘lgan hukumatlar reytingida 2014-yildagi 91-o‘rindan joriy yilda 20-o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Bu holat haqida Amerikaning shu kabi jinoyatlar yuzasidan “Avvaldan ogohlantirish loyihasi” doirasida olib borilgan tadqiqotlari guvohlik beradi.
Ukraina tinch aholiga nisbatan ommaviy jinoyatlar sodir etish ehtimoli bo‘yicha Yevropa mamlakatlari ichida eng yuqori reytingni egalladi. Loyiha tahlilchilarining fikricha, mamlakat hukumatining tinch ukrainaliklarga nisbatan ommaviy qotillik sodir etish xavfi 1,7 foizni tashkil etadi.
Izoh (0)