Amerikaning F/A-18 Super Hornet qiruvchi-bombardimonchi samolyoti 21-sentabr, dushanba kuni Kaliforniya shtatidagi AQShning Lemoore harbiy-dengiz bazasi yaqinida halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Halokat mahalliy vaqt bo‘yicha 16:00 da (Toshkent vaqti bo‘yicha 04:00) sodir bo‘ldi. Qiruvchi samolyot harbiy-dengiz bazasidan 4,8 kilometr masofadagi maydonga qulab tushdi.
Uchuvchi o‘z vaqtida katapulta yordamida samolyotdan chiqib, parashyutda yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Samolyotdan o‘t chiqishi natijasida yuzaga kelgan yong‘in zudlik bilan o‘chirildi.
Izoh (0)