Afg‘oniston shimolida 22-sentabr, seshanba kuni jangarilar hujumi oqibatida mamlakat xavfsizlik kuchlarining o‘n nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” Jo‘zjon viloyati rahbari Abdul Xafiz Xashi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Ish kiyimidagi erkak 22-sentabr tongida Kush Tapa hududidagi nazorat-o‘tkazish punktiga qo‘l granatasini uloqtirdi. Natijada to‘rt nafar xavfsizlik kuchlari xodimi voqea joyida qurbon bo‘ldi. Yashirinishga uringan qolgan olti nafar askar jangarilar tomonidan o‘t ochilishi oqibatida halok bo‘ldi”, — dedi Xashi.
Uning ta’kidlashicha, hukumat jinoyatchilarni topib, ularni jazoga tortish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmadi.
Izoh (0)