Malida qurollangan kishilar hujumi oqibatida ikki politsiyachi va ikki nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa 19-sentabr, shanba kuni Burkina-Faso bilan chegara yaqinida joylashgan qishloqda yuz bergan. O‘q uzuvchilar mototsikldan hujum qilgan, so‘ngra voqea joyidan yashiringan.
Yaralangan politsiyachi va bir nafar tinch aholi vakili hodisa joyida qurbon bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organi vakilining ta’kidlashicha, qolgan ikki jabrlanuvchi keyinroq halok bo‘lgan.
Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)