Sud Tbilisi sobiq meri Gigi Ugulavani besh million lari (2 million dollar atrofida) miqdoridagi davlat mablag‘larini qonunga xilof ravishda sarflaganligi uchun to‘rt yilu olti oyga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, sobiq mer to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lib, amnistiyani hisobga olib, u to‘rt yilu olti oylik qamoq muddatini o‘taydi.
Ugulava, shuningdek, ozodlikka chiqqandan keyingi olti oy davomida davlat lavozimlarini egallay olmaydi.
Sud Ugulavaning ishi bilan birga ko‘rib chiqilayotgan sobiq mudofaa vaziri David Kezerashvilini oqladi.
Izoh (0)