Pokistonning Peshovar shahrida aviabazaga qilingan hujum oqibatida 16 nafar dindor qurbon bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” harbiy matbuot xizmati rahbari Asim Bajva ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Avvalroq otishma davomida 13 nafar jangari o‘ldirilganligi ma’lum qilingan edi.
“Terrorchilar bazaga ikki punkt orqali kirib, keyin guruhlarga bo‘lingan. Guruhlardan biri masjidga bostirib kirib, u yerda namoz o‘qiyotgan 16 kishini o‘ldirdi”, — dedi Bajva o‘zining Twitter’dagi sahifasida. Shuningdek, operatsiya mobaynida Pokiston armiyasi kapitani halok bo‘ldi.
Bajvaning so‘zlariga qaraganda, terrorchilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya davom etmoqda, unda uchta vertolyot qatnashmoqda. Uning ta’kidlashicha, jangarilar bazaga politsiya kiyimida kirgan.
Izoh (0)