O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 12 milliondan oshdi. Bu haqda 2015-yilning 18-sentabr kuni ICTSUMMIT axborot-kommunikatsion texnologiyalar sammitida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi mobil aloqa abonentlari soni 22 milliondan ko‘proqni tashkil etadi.
Hozirgi paytda kompyuterga ega uy xo‘jaliklari 37,4 foizni, internetdan foydalanish imkoniga ega bo‘lganlari esa 58,1 foizni tashkil etadi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Xurshid Mirzohidovning ta’kidlashicha, keng polosali internet va mobil aloqa tizimini rivojlantirish O‘zbekiston AKT sohasining yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Izoh (0)