Sobiq er-xotin Aldanskiy tuman sud ijrochilari bo‘limiga sudning ajrim to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlash hamda mol-mulk va uyni taqsimlash uchun keldi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
U yerdan bitimni rasmiylashtirish uchun yo‘lga chiqilganda, erkak zarur hujjatlarni olish uchun uyga kirib o‘tishni iltimos qildi. Biroq u uydan hujjatar bilan emas, benzin kanistri va olov yoqqich bilan chiqdi.
Sud ijrochisining qonunga xilof harakatni sodir etmaslik haqidagi talabiga qaramasdan, erkak uyga o‘t qo‘ydi. Sud ijrochisi zudlik bilan politsiya va FVVga xabar berdi.
Erkak halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.
Izoh (0)