O‘zbekistonda yaqindagina startaplar haqida gapira boshlashdi. Bozorda bir nechta muvaffaqiyatli loyihalar allaqachon bor (ular haqida keyingi postlarda so‘zlab beramiz), hozir esa bozorimizga qanday startaplar yetishmayotganini muhokama qilamiz.
Samolyot va poyezdlarga onlayn tarzda chipta sotib olish mobil dasturi
Temiryo‘l kassalaridagi uzun navbatlar har kimning ta’bini xira qiladi, butun dunyoda esa elektron chiptalar sotib olishga o‘tib bo‘lishgan.Kino, konsert va boshqa tadbirlarga onlayn tarzda chipta xarid qilish bo‘yicha mobil dastur
Tan oling, kinoteatrga oldindan borib, navbatda turishdan ko‘ra, chiptani internet yoki mobil dastur orqali bemalol sotib olish va joy yetmay qolishidan xavotirlanmaslik ancha qulay.Taom yetkazib berish bo‘yicha loyihalar
So‘nggi 3—4 oy ichida Toshkentda taom yetkazib berish bo‘yicha yettita loyiha paydo bo‘ldi. Ko‘ramiz, ulardan qaysilari “yashab” ketar ekan, ushbu sohaning eng yaxshi vakillari haqida esa alohida gapirib beramiz. Yetkazib berish mavzusi — poytaxtimiz uchun juda istiqbolli bo‘lib, odamlar bunday xizmatlardan faol ravishda foydalanadi.Bolalarga o‘qish-yozishni o‘rgatadigan mobil dasturlar
O‘zbek tilida bolalarga o‘qish-yozishni o‘rgatadigan sifatli va rang-barang mobil dasturlar yo‘q. Bu klassik startap emas, biroq bunday loyihalarni ham monetizatsiya qilish mumkin.Asta-sekinlik bilan xizmatlar sohasida (taksi buyurtma qilish, supermarketdan mahsulotlar yetkazib berish xizmatlari, dorixonalardan dori qidirish dasturi) startaplar paydo bo‘lmoqda. Bozor rivojlanmoqda, elektron tijorat ishlab ketdi va yaxshi loyihalar yildan-yilga ko‘payib boradi.