Yaqin yillarda O‘zbekistonning chekka hududlarida joylashgan 1,3 mingta umumta’lim maktablari va kasb-hunar kollejlarini quyosh kollektorlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

Foto: 12news.uz

Foto: 12news.uz

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti bo‘lim boshlig‘i Roman Zohidovning so‘zlariga ko‘ra, qishloq joylardagi 600 dan ortiq vrachlik punktiga energiya to‘plovchi qurilmalarga ega fotoelektrik quyosh panellari o‘rnatib chiqiladi.

“Mazkur texnologiyalarning to‘laqonli amalga oshirilishi yaqin yillarda mamlakat energotizimidagi yuklamalar hajmini 2 milliard kilovatt/soatga qisqartirish, lokal darajada 2 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish, yiliga 250 million dollar qiymatidagi energiya resurslarini tejab qolish imkonini beradi”, — dedi Zohidov.

Bo‘lim boshlig‘ining fikricha, qayta tiklanuvchi enegriya manbalarini yanada rivojlantirish maqsadida, shuningdek, xalqaro tendensiyalarni hisobga olgan holda, maxsus yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturlar yoki, masalan, “Quyoshli 1000 ta qishloq uyi” kabi ko‘rgazmaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.