Tojikistonda o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda “TASS” mamlakat qurolli kuchlaridagi manbasiga tayanib.
Ma’lumotlarga qaraganda, isyonchi general bilan birga uning bir nechta tarafdorlari ham o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 15-sentabr kuni ro‘y bergan Tojikistonning Ramit darasidagi harbiy to‘qnashuvlarda “Alfa” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Rustam Amakiyev halok bo‘ldi. Shu urushning o‘zida “Alfa”ning yana bir jangchisi va alohida topshiriqli mobil otryadning ikki a’zosi nobud bo‘lgan.
Izoh (0)