Zamonaviy me’morchilik fantastik ko‘rinishga ega va go‘yo insonni yulduzlarga yaqinlashtirishga urinayotgandek. “Adme.ru” ayni paytda qurilishi davom etayotgan va o‘lchamlari hayratlanarli bo‘lgan 10 bino bilan tanishtirdi.

1. Qirollik minorasi

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

U Saudiya Arabistonida bino qilinmoqda, balandligi 1 kilometrgacha yetadi. Minoraning qurilishi o‘tgan yili boshlanib, 2019-yilda bitkazilishi kutilmoqda.

2. Shanxay minorasi

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

121 qavatli minora Xitoyda 1993-yildan 2015-yil boshigacha qurildi. Ayni paytda pardozlash ishlari bormoqda.

3. Dubai Pearl

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Ushbu bino “ichki shahar” ko‘rinishida bo‘lib, u to‘rtta minorani ko‘priklar orqali birlashtiradi.

4. Agora Garden

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Taypey shahridagi 20 qavatli inshoot qurilishi 2016-yilda yakunlanadi. Uning har bir qavatidagi balkonlarda bog‘lar o‘stiriladi.

5. World One

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Hindistonda qurilayotgan 117 qavatli osmono‘par bino sayyoradagi eng baland turar-joyga aylanishi kutilmoqda.

6. Qirol Abdulla neftni o‘rganish va tadqiq qilish markazi (KARSARC)

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Saudiya Arabistonidagi ushbu bino mashhur me’mor Zaxi Hadid ijodiga mansub bo‘lib, u olti burchakli hujralarni birlashtirish asosida o‘ylab topilgan.

7. Chjunnan markazi

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Xitoyning Suchjou shahrida 730 metrli markaz qurilishi yaqinda boshlandi, u 2020-yilda tayyor bo‘ladi. U dunyoda uchinchi eng baland binoga aylanadi.

8. Lotte World Tower

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

556 metrli osmono‘par bino Seulda 2016-yilda qurib bitkaziladi.

9. “Davang” tog‘ kurorti

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Xitoydagi ushbu kurort 170 metrga cho‘zilgan binodan iborat bo‘lib, u 2016-yilda tayyor bo‘ladi.

10. “Sonjang” mehmonxonasi

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Foto: “Adme.ru”

Xitoydagi yana bir bino qoya va ko‘llar oralig‘ida joylashgan mehmonxonadir. Uning ichidan sharshara oqib o‘tadi.