Xakerlar Rossiya prezidentining rasmiy saytiga hujum qildi, deb xabar beradi “Hi-tech.mail.ru” davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lumotiga tayanib.
Kreml kuchli xakerlik hujumini 13-sentabr, yakshanba kuni aniqladi, biroq bu haqda 14-sentabrda ma’lum qilindi. Xakerlik hujumi bartaraf etildi.
“Mutaxassislar ushbu hujumning qayerdan amalga oshirilganligini bilishiga ishonchim komil”, — deydi Dmitriy Peskov. U hujum kuchli bo‘lganligi, uni qaytarish oson bo‘lmaganligini, biroq himoya tizimlari uni bartaraf etishga erishganligini ta’kidlab o‘tdi. Xakerlar hujumning aynan qaysi shaklidan foydalanganligi ma’lum qilinmadi, biroq OAV so‘z DDoS-hujum haqida borayotganligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)