Turkiya prokuraturasi Dogan Media Group mediaxoldingiga nisbatan “terrorchilikni targ‘ib etish” ayblovi bo‘yicha tergov ishlarini boshladi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Dogan Media Group mediaxoldingi Dogan Holding tarkibiga kiradi. Hurriyet, Posta, Radikal va Fanatik kabi nashrlar xolding rahbarligida chiqariladi. Shuningdek, Kanal D, CNN Turk, Dream TV, Slow Turk telekanallari va Radio D ham uning tarkibiga kiradi. Dogan Media Turkiya hukumati tomonidan bir necha marta tanqidga uchragan.
Anadolu agentligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan turk askarlari suratining chop etilishi va keyinchalik Kurdiston ishchi partiyasiga qo‘shilib ketgan ma’lum bir shaxsdan olingan intervyu hukumat e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)