Janubiy Koreya hukumati KXDRni sun’iy yo‘ldoshli raketa tashuvchini uchirish ehtimoli yuzasidan ogohlantirdi, deb xabar beradi “RBK”.
Seul bunday harakat ballistik raketani sinovdan o‘tkazish hisoblanib, BMT rezolyutsiyasini buzishini ma’lum qildi.
“Shimoliy Koreyaning har qanday ballistik raketani uchirishi jiddiy provokatsiya hisoblanadi”, — dedi Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi vakili Kim Min Sok navbatdagi matbuot yig‘ilishida.
Ushbu ogohlantirish Shimoliy Koreyaning Koreya Mehnat partiyasining 70 yilligi munosabati bilan sun’iy yo‘ldosh uchirish masalasi ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qilgandan so‘ng bildirildi.
Izoh (0)