Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining kengaytirilgan yig‘ilishida chiqish qilib, nutqining asosiy qismini Suriyadagi hodisalarga qaratdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Davlat rahbari mamlakatdagi siyosiy vaziyat haqida so‘zlay turib, prezident Bashar Asad boshqaruvga muxolifatni jalb etishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
“Prezident Asadning muxolifat sog‘lom kuchlarini jalb etishga tayyor ekanligi bizga ma’lum”, — deydi Putin. U, shuningdek, Moskva bundan keyin ham Damashqqa yordam ko‘rsatishni davom ettirishini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)