Federal kosmik agentligi (“Roskosmos”) “Proton-M” raketa tashuvchisi “DM-03” tezlatuvchi bloki bilan hamda “Ekspress-AM8” telekommunikatsion kosmik qurilmasi bilan muvaffaqiyatli uchganligini ma’lum qildi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar beradi.
Raketa 14-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 24:00 da Boyqo‘ng‘irdagi kosmodromdan uchirildi. Raketa tashuvchining uchish paytidan kosmik qurilmaning ajralib chiqquniga qadar 6 soatu 37 daqiqa vaqt sarflandi.
2015-yilning 15-sentabr kuni Toshkent vaqti bo‘yicha 06:37 da “Ekspress-AM8” telekommunikatsion qurilmasi orbitada odatiy rejimda tezlatuvchi blokdan ajralib chiqdi va buyurtmachi boshqaruviga qabul qilindi.
Izoh (0)