Los-Anjeles xalqaro aeroportida harakatlanayotgan ikki samolyot bir-birining qanotiga tegib ketdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Hodisa 163 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “Boing-757” samolyoti Nyuarkdan qaytgan paytda sodir bo‘ldi. U 182 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan, Portlendga uchishga hozirlik ko‘rayotgan “Boing-737” samolyotining qanotiga tegib ketdi.
Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmadi. Samolyotlar United Airlines va Alaska Airlines kompaniyalariga tegishli bo‘lgan.
Aeroport hodisa yuzasidan tekshiruvni boshladi.
Izoh (0)