Markaziy Hindistondagi Madxya-Pradesh shtati hukumati 100 dan ortiq kishining o‘limiga olib kelgan portlashda aybdor shaxsni qidirish ishlariga maxsus xizmatni ham jalb etdi, shuningdek, u haqdagi ma’lumot uchun mukofot tayinladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Petlavad shahridagi omborda yuz bergan portlashdan so‘ng darhol yashiringan Rajendra Kasava va uning oila a’zolarini topish uchun barcha kuchlarimizni safarbar etamiz. Jinoiy beparvoligi oqibatida ko‘plab kishilarning o‘limini keltirib chiqargan tadbirkorni qo‘lga olishda yordam beruvchi har qanday ma’lumot uchun 100 ming rupiy (1,5 ming dollar) miqdorida mukofot puli beriladi”, — deydi Madxya-Pradesh shtati bosh vaziri Shrivaj Singh Chouhan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonning markaziy qismida joylashgan Petlavad shahridagi portlash qurbonlari soni 104 kishiga yetgan, 150 kishi jarohat olgan.
Izoh (0)