14-sentabr kuni Toshkentda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlanganligi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi sayti xabar beradi.
Matbuot anjumani davomida tashkiliy qo‘mita OAVga AKT haftaligi doirasida rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, shu yili bo‘lib o‘tadigan AKT haftaligi bir qator maxsus tadbirlarni yagona formatga birlashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, ICTWEEK Uzbekistan 2015 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi – sammit, forum, ko‘rgazma va konferensiyalarni, shuningdek, ko‘plab tadbirlar, tanlovlar va taqdimotlarni birlashtiruvchi O‘zbekistonning AKT sohasidagi asosiy muhim hodisa bugun, 14-sentabr kuni boshlandi.
Izoh (0)