Olmaotada bolalarini derazadan tashlab yuborgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan ayol ikki oylik muddatga hibsga olindi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
2015-yilning 5-sentabr kungi jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 33 yoshli Jadira Kulmamirova voyaga yetmagan bolalarini o‘ldirishni va o‘z joniga qasd qilishni maqsad qilib, 2007-yilda tug‘ilgan A. Kokenay va 2014-yilda tug‘ilgan X. Kokenayni beshinchi qavat derazasidan tashlab yuborgan, so‘ngra o‘zi ham pastga sakragan.
12-sentabr kuni Olmaota shahar Bostandik tuman sudining gumonlanuvchi davolanayotgan shifoxonada bo‘lib o‘tgan sayyor sud jarayonida Kulmamirovaga nisbatan ikki oylik muddatga hibsga olish to‘g‘risidagi qaror e’lon qilindi.
Eslatib o‘tamiz, ayol va uning tirik qolgan bir yoshu ikki oylik qizi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ularning ahvolida biroz yaxshilanish qayd etilgan edi.
Izoh (0)