Xitoyda yo‘lga to‘kilgan guruch vinosi tufayli avtobus ag‘darilib ketdi. 12 kishi yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Noxush hodisa Xenan viloyatida sodir bo‘ldi. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, sirpanchiq yo‘lda ag‘darilib ketgan avtobusga yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
To‘qqiz kishi hodisa joyida, yana uch nafari shifoxonada halok bo‘ldi. 20 ga yaqin odam kasalxonaga joylashtirildi. Politsiya avtobus va yuk mashinasi haydovchilarini qo‘lga oldi.
Izoh (0)