Saudiya Arabistoni jahon bozoridagi vaziyatni muhokama etish uchun dunyoning yetakchi neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlari sammitini o‘tkazishga zarurat yo‘qligini ma’lum qilgan bir paytda neftning narxi arzonlashishda davom etmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy vaqt bo‘yicha 15:08 da neftning Brent markasi narxi 1,81 foizga pasayib, barreli 47,99 dollarni tashkil etdi. Neftning yengil WTI markasi qiymati esa 1,95 foizga pastlab, barreli 45,02 dollarga baholandi.
Neftning narxiga, shuningdek, dunyodagi eng yirik investitsiya banklaridan biri Goldman Sachs Group Inc. tahlilchilarining bashoratlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv vaqtida neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha choralarni muhokama qilishni taklif qilgan edi.
Izoh (0)