Hindiston shimolidagi Pokiston bilan chegaradosh hududda yuz bergan otishmada kamida ikki nafar harbiy xizmatchi va ikki jangari halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa Jammu va Kashmir shtati shimolidagi Kupvara tumanida sodir bo‘ldi. Otishma kechasi Laribal Rajvar o‘rmoni hududida boshlanib, hozirga qadar davom etmoqda.
Voqea joyiga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborildi.
Izoh (0)