Shveysariyaning murakkablashtirilgan innovatsion soatlari bilan mashhur bo‘lgan Urwerk kompaniyasi birinchi marta ayollar uchun UR-106 Lotus satellitli soatini taklif qildi. Bu haqda Urwerk kompaniyasi tarqatgan press-relizda aytiladi.
Yangilik ikki xil ko‘rinishda taqdim etilgan. Ulardan biri oq olmoslar bilan qoplangan titan va po‘lat korpusli bo‘lsa, ikkinchisi qora olmoslar bilan bezatilgan PVC qoplamali titan korpusga ega.