Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 15—16 yoshdagi bokschilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionatida 9-sentabr, chorshanba kuni chorak final bahslari o‘tkazildi. Ushbu bosqichda ringga ko‘tarilgan sakkiz nafar o‘zbekistonlik sportchidan yetti nafari raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Demak, final yo‘llanmasi uchun kechadigan janglarda Xalim Utegenov (-48 kg), Bilolbek Mirzarahimov (-57 kg), Temur Merjanov (-63 kg), Dilshod Ro‘zmetov (-66 kg), Yahyoxon Saidxonov (-70 kg), Qosimxon Qosimov (-75 kg) va Profsor Rorimsha (80 kg) kabi bokschilar ringga ko‘tariladi.
Izoh (0)