Misr janubidagi Asyut viloyatining Abu-Tig shaharchasida aholi turar-joyi binosining qulab ketishi natijasida uch kishi halok bo‘ldi. Ikki kishi qutqarib qolindi, deb xabar beradi “TASS”.
Shahar favqulodda vaziyatlar va fuqarolar mudofaasi xizmati vakillarining ma’lum qilishicha, besh qavatdan iborat ko‘p xonadonli uy qulagan. Bino egasining rafiqasi hamda 16 va olti yoshli o‘g‘illari halok bo‘ldi. Turar-joy egasi va uning voyaga yetmagan qizi, shuningdek, u yerda yashovchi yana ikki kishi uyumlar ostidan qutqarib olindi.
Hodisa joyiga yetib kelgan mutaxassislar qulab tushgan uyga qo‘shni joylashgan yana uchta binoda yoriqlar yuzaga kelganligini qayd etdi.
Izoh (0)