Angliyaning Manchester shahri atrofida ikki qavatli avtobusning ko‘prikka urilishi natijasida 12 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Ikki qavatli yo‘lovchi avtobusi haydovchisining Rochdeyldagi ko‘prik ostidan o‘tishga urinishi oqibatida avtobus tomsiz qoldi. Jabrlanganlar shifoxonaga yuborildi.
Ma’lum bo‘lishicha, favqulodda hodisa avtobus yo‘nalishidan tashqarida sodir bo‘lgan. Haydovchi jabrlanmagan, biroq shok holatida. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, Rochdeyl temiryo‘l vokzali yaqinida harakatlanayotgan 17-raqamli avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, ko‘prik ostidan o‘tishga uringan.
Hodisa yuz bergan paytda avtobusda 25 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Izoh (0)