AQSh prezidenti Barak Obama hozirda iqlim muammolarini muhokama qilish va mashhur teleboshlovchi va sayohatchi Bear Grillsning “Yovvoyilashganlar” teleshousida ishtirok etish uchun Alyaskaga tashrif buyurgan. Teledasturni suratga olish jarayonida davlat rahbari ayiqdan qolgan losos balig‘ini yeyishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar beradi.
Siyosatchining o‘zi vaqtini yovvoyi tabiat bag‘rida o‘tkazayotganligidan mamnun ekanligini bildirdi.
“Bu kun prezidentlik davrimdagi eng yaxshi kunlardan biri bo‘lsa kerak. Birinchidan men idorada emasman, ikkinchidan kostyum kiymaganman”, — deydi Obama.
Biroq taom tanlash masalasida u biroz qiyinchiliklarga duch keldi. Teleboshlovchi unga ayiqlar baliqning faqat yog‘li qismlarini xush ko‘rishini, go‘shtini esa tashlab yuborishini batafsil tushuntirdi. Aynan undan qolgan, yog‘da qovurilgan baliq bo‘lagini Grills prezidentga taklif qildi.
Izoh (0)