Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat hududidagi geosiyosiy to‘qnashuvlarning keskinlashuvi sharoitida ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash Tojikistonning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolayotgan bir paytda tojik jamiyatining dunyoviy taraqqiyot yo‘li yagona to‘g‘ri yo‘l ekanligini ta’kidladi. Bu haqda Interfax xabar beradi.
“Zamonaviy dunyo taraqqiyotini kuzatish orqali olingan tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat boshqaruvining dunyoviy tamoyilini tanlash to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlab tanlangan yo‘l hisoblanadi. Bugun ushbu g‘oya jamiyatning osuda hayotini ta’minlashning eng asosiy negizlaridan biriga aylandi”, — dedi prezident Mustaqillik kuni munosabati bilan televideniye orqali murojaatida.
Tojikiston 9-sentabr kuni mustaqillikka erishganligining 24 yilligini nishonlaydi. An’anaga ko‘ra, bayramdan bir kun oldin prezident ishtirokida tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)