Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, u sport bilan shug‘ullanishga va kasal bo‘lmaslikka harakat qiladi, zarurat bo‘lganda esa Markaziy klinik shifoxonada davolanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Putinning ta’kidlashicha, asrlar davomida “tegishli lavozimdagi shaxslar” mazkur shifoxonada davolanib kelgan.
Shuningdek, u Markaziy klinik shifoxona xodimlari o‘zlari ko‘rsatayotgan xizmat darajasidan ko‘ngli to‘lmasligini aytib o‘tdi. “Ular kadrlar tayyorlash darajasi, moliyalashtirish va texnikani bugungi kun talablariga javob bermaydi, deb hisoblaydi”, — dedi prezident.
Izoh (0)