2015-yil avgustida AQShdagi ishsizlik darajasi 5,3 foizdan 5,1 foizgacha tushdi. Oxirgi marta 2008-yil aprelida bu ko‘rsatkichdan past raqam qayd etilgan. Bu haqda mamlakat Mehnat statistika byurosi ma’lumotlariga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: minfin.com.ua

Foto: minfin.com.ua

Ishsizlik darajasining pasayishi ekspertlar taxmin qilganidan ham (5,2%) ko‘proq bo‘ldi. Shu bilan birga, AQShda avgustda qayta yaratilgan ish o‘rinlari soni kutilganidan ko‘ra oz — 215 ming emas, 173 ming bo‘ldi, xolos. Ularning aksariyati sog‘liqni saqlash, ijtimoiy va moliya sohalarida qayd etilgan.