Amerikaning Missuri shtati Sent-Luis okrugida 11 yashar bola uning uyiga bostirib kirishga uringan 16 yoshli o‘smirni otib o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar beradi.
Hukumatning ma’lum qilishicha, hodisa yuz bergan paytda11 yoshli bola va uning to‘rt yashar singlisi uyda yolg‘iz bo‘lgan. Jinoyatchi uch marta uyga bostirib kirishga uringandan so‘ng, bola uning boshiga o‘q uzgan.
Politsiya voyaga yetmagan bolalarning uyda yolg‘iz qolganligi va o‘qotar qurolni qo‘lga kiritganligi bilan bog‘liq vaziyatni aniqlashtirmoqda.
Izoh (0)