Janubiy Shaolin ibodatxonasining ruhoniysi Shi Liliang suv ustida 125 metr masofani yugurib o‘tdi. U 200 ta suv yuzasida suzuvchi fanera taxtadan moslama tariqasida foydalandi, deb xabar beradi The Telegraph.
Rekordchi yugurish tezligi va muvozanatni saqlab turishning sinalgan uyg‘unligiga erishganligi tufayli suv ostiga qulab ketmadi.
Bu usul “suv ustida parvoz” nomini olgan. Shi Liliang ushbu mashg‘ulotni bajarishda dunyo bo‘yicha rekord o‘rnatgan. 2015-yilning yanvarida u suv yuzasida 120 metr yugurib o‘tgan edi. Ruhoniy o‘z tajribalarini 2009-yilda boshlagan bo‘lib, o‘shanda uning natijasi 18 metrni tashkil etgan edi.
Izoh (0)