Meksika rancholaridan birida 31 ming suyak parchalari bo‘lgan ommaviy qabr topildi, deb xabar beradi “Inform.kz”.
Politsiya bu qabrga narkokartellar o‘z qurbonlarining jasadlarini tashlagan deb hisoblamoqda. Suyak parchalari kamida 31 kishiga tegishli ekanligi aniqlandi.
“Qo‘lga olingan jinoyatchilarning ko‘rsatmalari, jabrlanganlar va tergovchilarimizning ma’lumotlari bizga ushbu ranchoni topishga yordam berdi”, — deydi Nuevo Leon shtati prokuraturasi matbuot kotibi Prissilla Rivas. Politsiya umumiy qabrni o‘rab olib, u yerdan gumonlanuvchilarni topishga yordam beruvchi dalillarni qidirmoqda.
Izoh (0)