O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nyu-York shahrida davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining juftliklar musobaqasidagi ishtirokini ham g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar beradi.
Belaruslik Aleksandr Buriy bilan juftlik hosil qilgan Istomin ilk davrada moldovalik Radu Albot va serbiyalik Yanko Tipsarevichga qarshi kortga chiqdi. Bugun tongda o‘tkazilgan bahsda Istomin va Buriy raqiblarini 6:3, 3:6, 6:3 hisobida dog‘da qoldirdi.
Izoh (0)