Iroqda davom etayotgan zo‘ravonliklar natijasida avgust oyida 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1,8 mingdan ortig‘i yaralandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Tinch aholi o‘rtasidagi qurbonlar 585 kishini tashkil etdi. Yana 1103 nafar fuqaro yaralangan”, — deyiladi BMT Missiyasi xabarida.
IShID terrorchilari bilan to‘qnashuvlarda 740 nafar qurolli kuchlarga qarashli xodim o‘ldirilgan, 708 nafari yaralangan. Eng ko‘p qurbonlar va jabrlanganlar (318 nafar qurbon va 751 nafar yaralangan) poytaxt hududida qayd etilgan.
Izoh (0)