Yoxannesburglik Shanel Kartel va Stivo Dirberg 2015-yilning mart oyida reklama agentligidagi yaxshi ishini tashlab, dunyo bo‘ylab sayohatga chiqdi. Shanel yillik sayohatga chiqish uchun barcha narsalarini sotdi va “buyumlar emas, taassurotlar to‘plash”ni rejalashtirdi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Juftlikning Instragram’dagi suratlarini tomosha qilganda, atrofni go‘zal tabiat manzaralari qurshab olgan, barchasi ko‘ngildagidek tuyuladi. Biroq Shanel Kartel suratlarga qarab aldanmaslikni, aslida sayohat qilish oson emasligini ta’kidlaydi.
Uning so‘zlariga qaraganda, u Stivo bilan doim og‘ir ishlarni bajarishga majbur. “Biz 135 ta hojatxonani tozaladik, bir necha tonna toshni kavladik, 60 metr yo‘lak yotqizdik va 57 ta o‘rinni to‘g‘rilab qo‘ydik”, — deydi Shanel.
Ularning ovqatlanishi ham unchalik yaxshi emasligiga qaramasdan, sayohatchilar diqqatga sazovor joylarni ko‘rish imkoniyatiga ega ekanliklaridan mamnun.
Izoh (0)