Janubiy Xitoyning Guandun provinsiyasi shifokorlari 19 yoshli yigitning qulog‘ida suvaraklarning butun boshli oilasini aniqladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Yigit uxlayotganda o‘ng qulog‘ida kuchli og‘riq sezgach, shifoxonaga murojaat qilgan. Shifokorlar uning qulog‘i ichida kichik suvaraklar to‘lib ketganini aniqlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, urg‘ochi suvarak bir necha hafta oldin yigitning qulog‘i ichiga kirib, tuxum qo‘ygan.
Shifokorlar dastlab uzunligi 7,62 santimetr bo‘lgan urg‘ochi suvarakning o‘zini, keyin esa tuxumdan chiqishga ulgurgan 25 ta suvarakchani chiqarib olgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yigit o‘z vaqtida shifoxonaga murojaat qilmaganida, bir qulog‘idan ajralishi mumkin edi.
Ma’lumot uchun, suvaraklar eng chidamli hasharotlardan hisoblanib, bir oygacha ozuqasiz yashaydi va faollikni saqlab qoladi. Ular tunda, ayniqsa, faollashadi, qorong‘i va issiq joy ular uchun ideal yashash joyi hisoblanadi.
Izoh (0)