Monakoda Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shov-shuvli tarzda Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqqan Qozog‘istonning “Astana” klubi “C” guruhida “Benfika”, “Atletiko” va “Galatasaroy” jamoalariga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Qur’a natijalari bilan tanishing:
“A” guruhi – “PSJ”, “Real”, “Shaxtyor”, “Malme”.
“B” guruhi – “PSV”, “Manchester Yunayted”, SSKA, “Volfsburg”.
“C” guruhi – “Benfika”, “Atletiko”, “Galatasaroy”, “Astana”.
“D” guruhi – “Yuventus”, “Manchester Siti”, “Sevilya”, “Borussiya” (Myunxengladbax).
“E” guruhi – “Barselona”, “Bayer”, “Roma”, BATE.
“F” guruhi – “Bavariya”, “Arsenal”, “Olimpiakos”, “Dinamo” (Zagreb).
“G” guruhi – “Chelsi”, “Portu”, “Dinamo” (Kiyev), “Makkabi”.
“H” guruhi – “Zenit”, “Valensiya”, “Lion”, “Gent”.
Guruh bosqichining dastlabki turi 15—16-sentabr kunlari, oxirgi tur o‘yinlari esa 8—9-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Yevropa Chempionlar ligasi 2015/2016-yilgi mavsumining barcha o‘yinlarini UzReport TV telekanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi.
Izoh (0)