“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi o‘z saytida xonanda Shahnoza Otaboyevaning litsenziyasi tugatilgani to‘g‘risida rasmiy bildirish e’lon qildi.
“Litsenziat Otaboyeva Shahnoza Xasanovna tomonidan Litsenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlarni muntazam buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati ‘Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015-yil 25-avgustdan tugatilganligini ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san’atkorning burchidir” — deyiladi xabarda.
Izoh (0)