Qo‘shiqchi Jastin Biberga o‘xshashga uringan Tobias Shtrebel San-Fernando mehmonxonalaridan birida o‘lik holda topildi. U bir necha kun avval yo‘qolib qolgan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
35 yoshli erkak 21 yoshli Jastin Biberga o‘xshash uchun plastik jarrohlikka 100 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
Politsiya uning xonasidan giyohvand moddalarni topdi, biroq o‘lim sabablari hozircha noma’lum. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)