“Formula-1” avtopoygalari bo‘yicha jahon chempionatining sobiq qatnashchisi, “Indikar”ning “500 mil Pokono” poygasida halok bo‘lgan Jastin Uilson olti kishiga a'zo donori bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“500 mil Pokono” poygasining yakunlovchi bosqichida peshqadamlik qilayotgan amerikalik Seyj Karam halokatga uchradi. Natijada mashina bo‘laklaridan biri 37 yoshli Uilsonning shlemiga tegdi. Shundan so‘ng, uning mashinasi to‘siqqa borib urildi.
“Andretti” jamoasi nomidan poygada qatnashayotgan Jastin behush ahvolda, og‘ir bosh-miya shikastlanishi bilan Allentaun shahridagi shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlarning uni saqlab qolish uchun urinishlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Izoh (0)