Tayvan muzeyida 12 yoshli o‘smir 1,5 million dollar qiymatidagi rasmga yiqilib tushdi. Natijada rasm teshilib qoldi, deb xabar beradi “Afisha.ru”.
Italiyalik rassom Paolo Porporining XVII asrda ishlangan “Gullar” rasmi Taybeydagi ko‘rgazmada namoyish etilayotgan edi.
Kuzatuv kamerasidagi tasvirda bolaning noxosdan turtinib ketib, rasmga tayanganligini ko‘rish mumkin. Ko‘rgazma rahbari Andrea Rossining so‘zlariga qaraganda, buning uchun bola va uning oilasi javobgar bo‘lmaydi. Rasmni qayta tiklash uchun mablag‘ sug‘urta kompaniyasidan olinadi.
Izoh (0)