Xitoy shimolidagi Tyanszin port shahrida joylashgan, xavfli moddalar saqlanuvchi ombordagi portlash qurbonlari soni 135 kishiga yetdi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar beradi.
Yirik favqulodda hodisa 12-avgust kuni sodir bo‘ldi. Quvvati trotil ekvivalentida uch tonnaga baholanayotgan birinchi portlashdan so‘ng, hodisa hududida yana bir nechta portlash kuzatildi. Ulardan eng kuchlisining quvvati 21 tonna trotilga tenglashtirilmoqda.
38 kishi hamon bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qayd etilmoqda. 582 kishi esa kasalxonalarda bo‘lib, ulardan 25 nafarining ahvoli og‘irdir.
Izoh (0)