O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi 24-avgust oqshomida Toshkent shahri yaqinida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida bayonot berdi.
“2015-yil 24-avgust soat 21:00 da ‘Yangiyer—Toshkent’ magistral gaz quvurining Yuqori Chirchiq tumanidagi ‘Avesto’ fermer xo‘jaligi hududidan o‘tgan 157-kilometrida gaz quvuri portlab, yong‘in sodir bo‘ldi. Bu Toshkent shahrining gaz bilan ta’minlanishiga ta’sir qilmaydi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 23:40 da bartaraf etildi. Voqea joyida ‘O‘zbekneftgaz’ milliy xolding kompaniyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mas’ul muassasalar vakillaridan iborat shtab tuzildi. Zarar ko‘rgan uchastkani tiklash ishlari yakunlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)