21-avgust kuni Toshkentdagi “Turkiston” saroyining yozgi sahnasida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan #ILoveUzbekistan nomli gala-konsert bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Voice of Tashkent.
Konsert “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan joriy yilning 19—21-avgust kunlari Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan “Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali doirasida tashkil etildi.
Tadbir ikki qismdan iborat bo‘ldi — noodatiy open-air ko‘rinishidagi taqdimotlar hamda 20:00 dan boshlangan gala-konsert.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ham “Men seni sevaman, O‘zbekiston” (I Love Uzbekistan) nomli ijtimoiy aksiya o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)