KXDRning o‘nga yaqin desantchi qayig‘i Koreya Respublikasi bilan dengiz chegarasi sifatida xizmat qiluvchi Sariq dengizdagi shimoliy chegara chizig‘idan 60 kilometr masofadagi dengiz bazasiga joylashtirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Yonhap agentligining ma’lum qilishicha, KXDR va Koreya Respublikasi o‘rtasida 18 soatdan buyon davom etayotgan muzokaralar mobaynida Shimoliy Koreyaning bir guruh qayiqlari Pxanmunjomda o‘zining asosiy bazasini tark etib, chegara chizig‘i yaqiniga joylashdi.
Izoh (0)